Ahvol jiddiylashadimi? Andijonda 3 oylik dori-darmon g‘amlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyatida koronavirusni davolash uchun 3 oylik dori-darmon zaxirasi tayyorlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
 
Xokimlik xabariga ko‘ra, viloyatda koronavirusga chalingan bemorlarga byudjet tomonidan jami 64 turdagi dori vositalari va bir marotabalik tibbiy buyumlar, tish cho‘tkalari, tish pastalari, shuningdek, bir martalik piyola-stakanlar, qoshiqlar va idishlar berilmoqda. 

Shuningde, mahalliy byudjet hisobidan davolash uchun 9 mlrd so‘m qiymatdagi uch oylik dori-darmon zaxirasi, 10 ming dona test tayyorlab qo‘yilgan.

Sentyabr oyining birinchi xaftaligida karantin talablariga yana yengillik berildi. Bu vaqt oralig‘ida virus yuqish xavfi ham ortib bordi. 9-10 sentyabr kunlari mamlakatda virusning kunlik yuqish soni 500 dan 700 gacha ko‘tarilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga karantin qoidalariga rioya qilishlarini so‘rab bir necha marotaba murojaat qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Andijonda koronavirusga chalinganlar 1 287 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 1 214 nafari yoki 94 foizi sog‘aygan. Viloyatda ushbu kasallikdan vafot etganlar 2 nafarligini qayd etilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

415

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing