Aholini “tinchlantirish uchun” tadbirkordan $360 ming talab qilgan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida tadbirkordan 360 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 1977 yilda tug‘ilgan, avval firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan fuqaro mahalliy tadbirkordan 30 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi tadbirkor Chilonzor tumanidagi 37 sotix yer maydonida nodavlat umumta’lim hamda maktabgacha ta’lim muassasalari qurishni rejalashtirganidan xabar topgan. Shundan so‘ng, u mazkur hudud aholisi va turli tashkilotlar orqali qurilish ishlariga to‘sqinlik qilishini aytib, go‘yoki qurilishni o‘zi amalga oshirayotgandek ko‘rsatish va fuqarolarni “tinchlantirish” evaziga tadbirkordan 360 ming AQSH dollari talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida u talab qilingan puldan 30 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida tadbirkorning soliq qarzdorligi va moliyaviy jarimasini “hal qilib berish” evaziga pora olayotgan soliq inspektori qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing