Aholi va kichik tadbirkorlar uchun “yashil” kredit mahsulotlari yaratiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda aholi va kichik tadbirkorlar uchun “yashil” kredit mahsulotlari yaratiladi. Bu haqda bugun, 11 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda energiya ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Mamlakatda aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kilovatti uchun 1 ming so‘mdan to‘lanishi e’lon qilingan. Ular "Quyoshli xonadon" tizimiga ulanib, tegishli to‘lovlarni olishlari mumkin.

Prezident ushbu dastur qamrovini oshirish va yanada keng joriy qilish bo‘yicha yangi vazifalarni belgilab berdi. Jumladan:

  • tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit to‘lovlarining 4 foizi qoplab beriladi;
  • xalqaro moliya tashkilotlaridan 100 million dollar jalb qilinib, so‘mda, maqbul shartlarda aholi va kichik tadbirkorlar uchun “yashil” kredit mahsulotlari yaratiladi. Aholiga ajratilgan kredit foizlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.

Yig‘ilishda iqtisodiyot va moliya vazirligiga aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil" kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy qilish topshirilgan.

Shuningdek, "yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy qilinadi. Joriy yilning 1 iyulidan boshlab gidroelektr stansiyalariga “yashil” sertifikat beriladi. Ushbu tizim 1 oktyabrdan boshlab barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun joriy qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev kredit tadbirkorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing