Aholi pulini qurilish kompaniyasiga tikishi uchun yangi mexanizm joriy qilinadi

Jamiyat

image

Endi aholi mablag‘larini qurilishga jalb qilish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi ijrosini samarali tashkil etish, ipoteka kreditlashni kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi.

Ta’kidlanishicha, aholi mablag‘larini qurilishga jalb qilishni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi “maqsadli ipoteka omonati” mexanizmi joriy etiladi. Bunda:

•  xaridor – bank – quruvchi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi;

•  uy-joy xarid qilmoqchi bo‘lgan fuqaro bankda omonat ochib, uni to‘ldirib boradi;

•  badal summasi shakllanganda, unga ipoteka krediti rasmiylashtiriladi;

•  tijorat banki omonat mablag‘larini quruvchi tashkilotga kredit sifatida ajratadi.

Ya’ni, xaridor bank orqali quruvchini moliyalashtiradi, bank esa uyni xaridorga vaqtida topshirilishiga kafil bo‘ladi.

Reytingda yuqori o‘rinlarda bo‘lgan pudratchi tashkilotlarga uy-joy qurish uchun yerni auksiondan sotib olish to‘lovini avval 30 foizini, qolgan summani esa 12 oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Shuningdek, yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev kelgusi yilda ipoteka dasturlari doirasida 50 mingga yaqin xonadonli uy-joylar qurilishini va bunga qariyb 13 trillion so‘m maqsadli kredit hamda 1,3 trillion so‘m subsidiya ajratilishini aytdi.

Avvlroq, ipoteka kreditini olishda qarindosh bo‘lmagan fuqarolarning kafil bo‘lishiga ruxsat berilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

192

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing