Aholi xonadonlariga is gazini aniqlaydigan gazoanalizatorlar o‘rnatiladi
Jamiyat
−
19 yanvar 2021
3435Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimining samaradorligini tubdan oshirish uchun aholi xonadonlarida is gazidan erta ogohlantiruvchi gazoanalizatorlar o‘rnatiladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Mazkur band ijrosi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori tayyorlanadi. Loyihada:
• yong‘in xavfsizligini ta’minlashning yangi tizimini joriy etish, sohaning moddiy-texnik bazasini va kadrlar salohiyatini tubdan mustahkamlash;
• aholi xonadonlarini metan, propan va is gazini barvaqt aniqlaydigan, xabar beradigan va gazni tarmoqdan klapan orqali uzib qo‘yadigan gazoanalizatorlar bilan ta’minlashni tashkil etish;
• yangi turar joy majmualari qurilgan, ma’muriy markazdan uzoqda joylashgan hamda yong‘inlarni tezkor bartaraf etish imkoniyati cheklangan hududlarda qo‘shimcha ajratiladigan shtat birliklari hisobiga yong‘in-qutqaruv qismlari (postlari)ni tashkil etish;
• yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash;
• yong‘in-qutqaruv sportini rivojlantirish va ommalashtirish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati – 2021 yil 1 mart, ijro uchun mas’ul idoralar – Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
LiveBarchasi