Ahmadjonovdan keyin O‘FA rahbarligidan Ochilboy Ramatov ham ketishi mumkin
Sport
−
14 iyun 2019
7285Xabaringiz bor, kecha, 13 iyun kuni 2017 yilning sentyabr oyidan buyon O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti sifatida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov lavozimidan iste’foga chiqqan edi. Uning o‘rniga munosib nomzod sifatida FIFA referesi Ravshan Ermatov ko‘rilayotgani haqida ma’lum qilgandik.
QALAMPIR.UZ manbasiga ma’lum bo‘lishicha, O‘FAning ayni paytdagi rasmiy prezidenti Ochilboy Ramatov ham o‘z lavozimidan ketishi mumkin. Bunga bugun, 14 iyun kuni O‘FA binosida o‘tkaziladigan yig‘ilishda aniqlik kiritilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov 2018 yilning yanvar oyida O‘FA prezidenti lavozimiga saylangan edi. O‘shanda undan oldin 5 oy davomida tashkilot prezidenti bo‘lgan Umid Ahmadjonov vitse-prezident lavozimiga o‘tkazilgan edi.
LiveBarchasi