Ahmadjonov iste’foga chiqish sababi bo‘yicha QALAMPIR.UZ’ga intervyu berdi
Intervyu
−
13 iyun 2019
9212Oldinroq, Umid Ahmadjonovning O‘FA birinchi vitse-prezidentligidan iste’foga chiqqanligi va uning o‘rniga bu lavozimga Ravshan Ermatovning tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilgan edik.
QALAMPIR.UZ muxbiri O‘FAdagi ushbu iste’fo sabablarini o‘rganish maqsadida Umid Ahmadjonov bilan bog‘landi.
“Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidentligi nihoyatda mas’uliyatli vazifa. Kelasi yil Tokioda Olipiya o‘yinlari boshlanadi. Mazkur musobaqaga vaqt kam qolmoqda. Xizmat safarlari ko‘p. Shu sababdan O‘zbekiston futbol assotsitsiyasi vitse-prezidentligidan bo‘shash bo‘yicha ariza yozdim.
Hozirda O‘FAda ish qaynagan payt. Milliy terma jamoada ham, Olimpiya terma jamoasida ham muhim jarayonlar boshlandi. Oldinda jiddiy saralash o‘yinlari kutib turibdi.
O‘ylashimcha, o‘tgan vaqt davomida o‘zbek futboli rivoji uchun astoyidil mehnat qilib, qo‘limizdan kelgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirdik. Bularning samarasi asta-sekin ko‘zga tashlanmoqda.
Shu o‘rinda yurtimizda sport rivojiga, xususan, futbol rivojiga katta ahamiyat qaratib kelayotgan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga, barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berayotgan hukumatimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman”, dedi Umid Ahmadjonov.
LiveBarchasi