Ahmadjonov FIFA prezidenti va xalqaro futbol tashkilotlari rahbarlari bilan futbol o‘ynadi

Sport

image

Avvalroq xabar qilganimizdek, Fransiya poytaxti Parij shahrida FIFAning 69-kongressi bo‘lib o‘tdi. Kongressda tashkilotga a’zo  211ta mamlakatlar futbol assotsiatsiyalari rahbarlari qatorida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi.

QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, Kongressdan so‘ng FIFAga a’zo mamlakatlar futbol assotsiatsiyalari rahbarlari ishtirokida futbol uchrashuvlari tashkil etildi. Bahslarda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Osiyo qitasi tarkibida maydonda harakat qildi.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan ham uchrashdi. Ikki tomonlama muzokaralar davomida yaqin kelajakda FIFA tasarrufi ostida o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalar va yig‘ilishlarga O‘zbekistonning mezbonlik qilishi masalalari muhokama etildi.

Oldinroq, kongress davomida Ahmadjonov OFK prezidenti Shayx Solmon Ibrohim bin Halifa bilan uchrashgani va o‘smirlar va ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo kubogini O‘zbekistonda tashkil etish borasida muzokaralar olib borgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA O'FA Umid Ahmadjonov

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing