Ahmadaliyevning jangini qaysi promouter tashkil qilishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
10 oktabr 2023 5907 1 daqiqa
Avvalroq, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) o‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev va meksikalik Kevin Gonsales jangiga buyruq bergani xabar qilingandi.
WBA tomonidan ushbu jang tashkilotchiligi uchun auksion o‘tkazildi. Auksion natijasiga ko‘ra, jangni tashkil etish huquqi “Matchroom boxing” kompaniyasi tomonidan sotib olindi.
Ma’lum qilishicha, “Matchroom boxing” jangni o‘tkazish uchun uchta variant taklif etgan:
9 dekabr kuni San-Fransiskoda (AQSH);
16 dekabr kuni Arizonada (AQSH);
23 dekabr kuni Abu-Dabida (BAA).
Shuningdek, WBA jang sanasi 29 oktyabr sanasiga qadar qabul qilinishi kerakligini eslatib o‘tgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28