Ahmadaliyevning vaznida WBC va WBO kamarlari egasi o‘zgardi (video)
Sport
−
25 iyul 2023 7734 1 daqiqa
Yaponiyalik bokschi Naoya Inoue amerikalik Stiven Fultondan WBC va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha super yengil vazn toifasidagi (55,3 kg) chempionlik unvonini olib qo‘ydi.
Yaponiya poytaxti Tokio shahridagi “Ariake Arena”da kechgan jangda Inoue 8-raundda Fultonni nokautga uchratdi. Bu amerikalik bokschining faoliyatidagi dastlabki mag‘lubiyati bo‘ldi.
Shunday qilib, Inoue o‘z vazn toifasida WBC va WBO kamarlari sohibiga aylandi.
Qayd etish joiz, ushbu vaznda o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev ham faoliyat yuritadi. U shu yilning 9 aprel kunida AQSHning San-Antonio shahrida o‘tkazilgan boks kechasida filippinlik tajribali Marlon Tapalesga qarshi himoya jangida mag‘lubiyatga uchrab, o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA va IBF kamarlarini boy bergandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr