Ahmadaliyevning raqibi kamarlarini himoya qildi
Sport
−
07 may
7707Kecha, 6 may kuni boks bo‘yicha ikkinchi yengil vazn toifasida (-55,3 kg) mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue meksikalik Luis Neriga qarshi jang qilib, g‘alaba qozondi va kamarlarini munosib himoya qildi.
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomining markaziy jangida Inoue Neriga qarshi jangning dastlabki raundida nokdaunga uchradi, keyingi raundlarda ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirishni boshladi.
Inoue 2-raundda Neri nokdaun bilan javob qildi, 6-raundga kelib esa raqibini texnik nokautga uchratdi. Shunday qilib, 31 yoshli Inoue WBC,WBA, WBO va IBF kamarlarini o‘zida saqlab qoldi.
Yaponiyalik bokschi keyingi jangini o‘zbekistonlik WBA va IBF kamarlarining sobiq egasi 29 yoshli Murodjon Ahmadaliyevga qarshi o‘tkazishi mumkin.
Hozirda Ahmadaliyev AQSHda bo‘lajak jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
LiveBarchasi