Ahmadaliyevning raqibi endi Turki-Al-Shayx bilan hamkorlik qiladi
Sport
−
05 noyabr
2882Birinchi yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue (28-0, 25 KO) “Riyadh Season” kompaniyasi bilan homiylik shartnomasini imzoladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Ko‘ngilochar ishlar bo‘yicha bosh boshqarmasi raisi Turki Al-Shayx ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi 19,7 million dollarni o‘z ichiga oladi.
Inoue navbatdagi jangini 24 dekabr kuni Tokiodagi Ariake Arenada o‘tkazadi. Mutlaq jahon chempionining raqibi avstraliyalik Sem Gudman bo‘ladi.
O‘zining so‘nggi jangida Inoue WBA reytingining kuchli beshligi vakili, IBF yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni 37 yoshli TJ Dohenini mag‘lub etdi. Jang yettinchi raundda Inouening texnik g‘alabasi bilan yakunlandi. TJ belidagi jarohat tufayli jangni davom ettirishdan bosh tortdi.
Qayd etish joiz, Inoue Gudman bilan jangdan keyin bu vaznda sobiq WBA va IBF kamarlari sohibi o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev bilan jang qilishi kerak. O‘z navbatida, Ahmdaliyev yaponiyalik raqibi bilan jang qilish uchun avvalo meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Frankoni taslim etishi, Inoue esa Gudman bilan jangda g‘alaba qozonishi lozim.
LiveBarchasi