Ahmad Mas’ud afg‘on xalqiga murojaat bilan chiqdi

Olam

image

Afg‘oniston milliy qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud o‘zining Facebook sahifasida toliblarga taslim bo‘lmasligini, front kuchlari erkinlik va ozodlik uchun kurashayotganligi, ayollar jasorat ko‘rsatib yig‘layotgani va xalq o‘z talablaridan voz kechmaganligi haqida post qoldirdi.

“Mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan 

Biz Alloh, erkinlik va adolat uchun kurashishdan hech qachon voz kechmaymiz. Xoh bugunga qadar yengilmay kelayotgan Panjsherdagi, xoh bizning hurmatli, opa-singillarimiz haqiqat uchun jasorat bilan yig‘layotgan Hirotdagi kurash xalq o‘z talablaridan voz kechmaganini, ular uchun kurashishdan charchamaganini va tahdidlardan qo‘rqmasligini ko‘rsatmoqda.

Mag‘lubiyat faqatgina charchoq sabab o‘z talablaringizdan voz kechganda keladi.

Xalq Yaratganga tayanishdan charchamaydi hamda obod, erkin va mustaqil Afg‘oniston qurish sari olg‘a intiladi”, degan Ahmad Mas’ud.

U shuningdek, imkon qadar tez orada vaziyat bo‘yicha shaxsan ma’lumot berishini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Tolibon” rasmiylari va Milliy qarshilik fronti delegatsiyasi o‘rtasidagi muvaffaqiyatsiz muzokaralardan so‘ng, harakat shu hafta boshida Panjsherga hujum uyushtirdi.

Avvalroq, OAVda “Tolibon” Panjsher viloyatini egallagani haqida xabar tarqaldi. Biroq, Afg‘oniston milliy qarshilik fronti bu ma’lumotni rad etdi.

Hozirda Panjsher viloyati uchun ashaddiy janglar ketayotgani aytilmoqda. Xususan, toliblar viloyatining muhim ahamiyatga ega Paryan tumanini egallagani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Panjsherdagi qarshilik kuchlari yetakchisi Ahmad Shoh Mas’ud toliblar bilan muzokara o‘tkazishda Rossiyadan yordam so‘ragandi. U “Tolibon” bilan muzokaralarda faqatgina Moskva vositachi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1576

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing