Ahmad ash-Shara Turkiyada. U ham NATO sammitida qatnashadi
Olam
−
14:04 814 1 daqiqa
Bugun, 8 iyul kuni Suriya prezidenti Ahmad Ash Shara Turkiya poytaxti Anqaraga 36-NATO sammitida qatnashish uchun yetib keldi. Bu haqda “T24” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shara bo‘lgan samolyot Anqaradagi Esenbo‘g‘a aeroportiga qo‘ndi. Uni aeroportda Turkiya savdo vaziri O‘mer Bolat va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Suriya rahbari tashrifi doirasida bugun AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishi ham kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Anqarada o‘tayotgan NATO sammitining ikkinchi kunida ittifoqchi davlatlar rahbarlari qator muhim masalalarni muhokama qiladi. Tadbir davomida NATO bosh kotibi Mark Ryutte va davlat rahbarlarining chiqishlari ham kutilmoqda.

Sammit doirasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bir qator yetakchilar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Shuningdek, rahbarlar ishtirokida umumiy suratga tushish marosimi va yakuniy matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp ham Turkiyaga NATO sammitida ishtirok etish uchun yetib kelgandi. Shuningdek, Tramp sammiti doirasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi.
Live
Barchasi