Kurs UZS

USD

12 880.00

19.91

EUR

13 507.26

-8.69

RUB

124.01

0.37

900 nafarga yaqin sirdaryoliklar o‘z uylariga qaytdi (foto)

Jamiyat

image

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumaniga vaqtincha joylashtirilgan 872 nafar sirdaryoliklar o‘z uylariga qaytarildi. Bu haqda bugun 3 may kuni Jizzax ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

“Do‘stlik tumaniga joylashtirilgan Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Farg‘ona” qishlog‘i hamda “Gulzor” mahallasidan 500 nafarga yaqin, Sardoba tumani “Otayurt” va “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 372 nafar fuqarolar bexatar bo‘lganligi sababli, Do‘stlik tuman IIB xodimlari kuzatuvida o‘z uylariga qaytarildi“, deyiladi xabarda.

Foto: Jizzax viloyati IIB

Foto: Jizzax viloyati IIB

Foto: Jizzax viloyati IIB

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv omboridagi favqulodda holat natijasida kelib chiqqan suv toshqini sabab hududda yashovchi 12 000 ga yaqin aholi boshqa hududlarga ko‘chirildi. Hozirda suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish ishlari ketmoqda. Kecha, 2 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqa hududga ko‘chirilganlarda xabar oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv ombori

Baholaganlar

240

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing