9 yilga qamalgan afsonaviy futbolchi qamoqda nimalar bilan band?
Sport
−
24 mart
18590Braziliyalik sobiq futbolchi Robinoning panjara ortiga kirganiga roppa-rosa bir yil bo‘ldi. 2023 yilda u 2013 yilda Milanda sodir etilgan guruh bo‘lib zo‘ravonlikda ishtirok etgani uchun to‘qqiz yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi. “Real”, “Milan” va “Manchester Siti” klublarining sobiq futbolchisi o‘z aybini inkor etishda davom etayotganiga qaramay, u jazodan qutula olmadi.
Futbolchining advokatlari Braziliya sud tizimi Italiya adliya tizimiga bo‘ysunmasligi kerakligini ta’kidlab, ishni ko‘rib chiqishga urinib ko‘rdi. Biroq, hozircha Robino San-Pauludagi “mashhurlar qamoqxonasi” nomi bilan mashhur bo‘lgan eng yuqori darajadagi Tremembe qamoqxonasida qolmoqda. Bu yerda yuqori martabali jinoyatchilar, siyosatchilar va hatto ketma-ket qotillik sodir etgan shaxslar saqlanadi.
Og‘ir sharoitlarga qaramay, sobiq futbolchi o‘zini namunali tutishga harakat qilib, belgilangan jazoni imkon qadar yumshatish niyatida. Braziliya OAVi uning xatti-harakati namunali ekanini yozmoqda: u kitobxonlik to‘garagiga qatnashadi, bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi, maishiy texnika ta’mirlaydi va hatto kameradoshlari bilan futbol o‘ynaydi.
Shartli ozodlikka chiqish umidida Robino xurmacha qiliqlar qilmayapti, har 12 soatlik ish uchun uning jazo muddati bir kunga qisqaradi. Hozir u 22 yoshli mahbus bilan 8 kvadrat metrlik kamerada yashaydi. Faqat yaqin oila a’zolari, shu jumladan yaqinda “Santos” bilan shartnoma imzolagan 17 yoshli o‘g‘li futbolchi holidan xabardor bo‘lib turishi mumkin, Robinoning qolgan yaqinlarida bunaqa vakolat yo‘q.
Ayni paytda sud jarayonlari davom etmoqda, ammo hukmning bekor qilinishiga umid kam. 2020 yilda Italiya sudi nihoyat hukmni tasdiqladi va ish bo‘yicha ayblanuvchilardan biri yaqinda Braziliyada o‘lik holda topildi. Robino esa birinchi navbatda umrbod qamoq jazosiga psixologik tomondan tayyorlanishi va jazoni qisqartirish uchun kurashishi kerak.
LiveBarchasi