9 ta tumanga yangi soliqboshilar tayinlandi

Jamiyat

image

Davlat soliq xizmati organlarida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Davlat soliq qo‘mitasi buyrug‘iga ko‘ra, quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi:

Saginbay Kadirbayevich Dauletbayev – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga;

Saginbay Dauletbayev 1987 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan.

Saginbay Dauletbayev bungacha Kegeyli tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish sho‘’basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kamol Jamolovich Irgashev – Jizzax viloyati Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga;

U 1983 yil Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan.

Kamol Irgashev bundan avval Davlat soliq qo‘mitasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.  

Samad Saylovovich Boboqulov – Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga;

U 1988 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

Samad Boboqulov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq qarzini undirishni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Kamoliddin Voxidovich Sultanov – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga;

Kamoliddin Sultanov 1984 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

Kamoliddin Sultanov bungacha Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 

Shuxrat Nashvanovich Rajabov – Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga;

U 1982 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

Shuxrat Radjabov shu paytgacha Davlat soliq qo‘mitasi Ichki audit boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Otabek Ismatovich Dehqonov – Samarqand viloyati Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga;

U 1986 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

Otabek Dehqonov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati Kattako‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 

Zafar Qo‘yliyevich Tursunov – Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga;

Zafar Tursunov 1986 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.

Zafar Tursunov bungacha Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sanjar Alikulovich Mirazov – Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga;

Sanjar Mirazov 1983 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan.

U ushbu tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Xurshid Abdugaparovich Kadirov – Toshkent shahar Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Xurshid Kadirov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Xurshid Kadirov bunga qadar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi Kameral nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov DSQ

Baholaganlar

144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing