IIV 9 oyda O‘zbekistonga qancha rossiyalik kelganini ma’lum qildi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2022
14223Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 318 156 nafar Rossiya fuqarosi O‘zbekistonga kirib kelgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining O‘zAga ma’lum qildi.
O‘zbekistonga kelgan rossiyaliklarning 210 ming 902 nafarini erkaklar, 107 ming 254 nafarini ayollar tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, 21 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti mamlakatda qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, 300 ming kishi, birinchi navbatda, jangovar tajribaga ega va qo‘shinlar uchun zarur bo‘lgan harbiy ixtisosligi bo‘yicha rezervga chaqiriladi. Oktyabr oyining boshidagi holatga ko‘ra safarbarlik doirasida 200 mingdan ortiq kishi armiyaga chaqirilgan.
14 oktyabr kuni Vladimir Putin armiyaga 222 ming kishi jalb qilingani, ulardan 33 mingi bo‘linmalarda, 16 ming nafari esa jangovar topshiriqlarni bajarayotganini ma’lum qildi. U safarbarlik tadbirlarini ikki hafta ichida yakunlashga va’da berdi.
Biroq safarbarlik boshlanishi ortidan ko‘plab rossiyaliklar vatanini tark etishni boshladi. Ular yaqin qo‘shni davlatlar Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Armaniston va O‘zbekistonga chiqib keta boshladi.
LiveBarchasi