9 balli zilzila bo‘lishi haqida yana xabarlar tarqaldi. Bu qanchalik haqiqat? (video)

Jamiyat

image

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida shu hafta O‘zbekiston hududida 9 balli zilzila sodir bo‘lishi haqida aytilgan video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi bunga nisbatan rasmiy munosabat bildirdi

Qayd etilshicha, bugun, 28 mart kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida shu hafta O‘zbekiston hududida 9 balli zilzila sodir bo‘lishi mumkinligi aytilgan videoxabar tarqalgan. Videodagi shaxs ushbu hafta O‘zbekistonda 9 balli zilzila sodir bo‘lishidan ogohlantirib, odamlarni ehtiyot bo‘lishga chaqirgan. 

Kiberxavfsizlik markazining ma’lumot berishicha, videoda aytilgan gaplar yolg‘on. Shuningdek, markaz odamlarni bunday xabarlarga ishonib qolmaslikka chaqirgan. 

"Feyk xabarlarga aldanmang, batafsil ma’lumotlarni olish uchun bizning kanallarimizni kuzatib boring!", deyiladi markaz xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq QALAMPIR.UZ soha mutaxassislaridan yaqin orada O‘zbekistonda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli xususida ma’lumot olgandi. Unda mutaxassis yaqin vaqtlar ichida O‘zbekistonda kuchli zilzilalarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan anomal hodisalar kutilmayotganini ta’kidlagan. Shuningdek, hech bir davlat zilzilaning aniq vaqtini bashorat qilolmasligi aytilgandi. 

Avvalroq, 9 ballgacha zilzila bo‘lishi ko‘rsatilgan 359 shahar nomi keltirilgan ro‘yxat ham tarqalgan bo‘lib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu axborotni ham rad etgan edi

Joriy yilning 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:47 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Mazkur zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezilib, 5-6 ballni tashkil qilgan. 

Shuningdek, 23 mart kuni soat 1:07 da O‘zbekistonda yana zilzila qayd etildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, ushbu zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 217 km janubi-sharqda, Tojikistonda bo‘lgan. Toshkentda yer silkinishining ta’sir kuchi 5 ballga teng bo‘lgan edi.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

zilzila Kiberxavfsizlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing