87 kunlik uzilish: Eronda internet qisman ishlay boshladi

Olam

image

Eronda internetga kirish imkoniyati qisman tiklanayotgani kuzatilmoqda. Bu haqda “NetBlocks” xalqaro monitoring xizmati o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

“Tasdiqlandi: tezkor metrikalar Eronda uzilishning 88-kunida, ya’ni 2093 soatlik cheklovdan so‘ng internet aloqasi qisman tiklanayotganini qayd etmoqda”, deyiladi xabarda.

Bundan oldin Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon yaqin 24 soat ichida mamlakatda xalqaro internetga kirishni qayta tiklash to‘g‘risida farmon chiqargan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Aloqa va axborot texnologiyalari vaziri Sayyid Sattor Hoshimiy tarmoqqa kirishni qaytarish bo‘yicha tegishli topshiriqni bergan va jarayon boshlangan.

Ikki oydan ko‘proq vaqt davomida Eronda global tarmoqqa ulanish bo‘yicha misli ko‘rilmagan uzoq muddatli cheklovlar amal qildi, bu esa fuqarolar va huquq himoyachilarining tanqidiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, imtiyozli toifadagi foydalanuvchilar uchun “Internet Pro” ochiqligicha qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tgan kabellar uchun texnogigantlardan haq undirish niyatida ekani, aks holda mamlakat ularni uzib qo‘yishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Eron internet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing