800 millionlik gazni o‘marganlar ushlandi
3-sahifa
−
15:12 2045 2 daqiqa
Respublikaning 4 hududida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Andijon viloyatining Asaka tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Y.T. “Beruniy” mahallasi hududidagi novvoyxonada tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 253,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Buxoro viloyatining Buxoro shahrida A.P. oilaviy korxonasi rahbari B.U. “Jo‘bor” mahalla hududidagi fermasida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga devor orasidan plastik quvur orqali yashirincha ulanib, 218,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Qo‘shko‘pir tumani yo‘llardan foydalanish “DM” mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 182,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida “M.X.” Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) rahbari T.K. MCHJ mehmonxonasida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 176 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur barcha holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, kelgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi