Necha foiz saylovchi ovoz bergani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 24 oktyabr kuni soat 20:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo‘yicha mamlakatdagi barcha saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlandi. 

O‘zbekiston Respublikasining Yevropadagi ayrim davlatlar va Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda. Bu haqda MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar mamlakat bo‘yicha saylovda ishtirok etganlar 16 million 36 ming 914 nafarni yoki 80,8 foizni tashkil etmoqda. 

“Chet ellarda ovoz bergan vatandoshlarimiz soni haqida ertaga ma’lumot beramiz.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 96-moddasida, saylov, agar unda saylovchilarning kamida 33 foizi ishtirok etgan bo‘lsa, haqiqiy deb hisoblanishi belgilangan.

Demak, Saylov kodeksiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan va haqiqiy deb hisoblanadi” dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev.


Maqola muallifi

Teglar

saylov

Baholaganlar

1857

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing