8 oyda O‘zbekistonda 3450 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2019 yilning o‘tgan 8 oyi davomida mamlakatda  ishlab chiqarilgan avtomobillar hamda traktorlarning umumiy soni haqida ma’lumot berdi.

Bunga ko‘ra, O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 49,5 foizga oshgan. Ya’ni 2019 yilning 8 oyida 172 ming 748 dona avtomobil ishlab chiqarilgan. 2018 yilda  bu ko‘rsatkich 115 ming 542 donani tashkil etgan. 

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish esa 40,5 foizga ortdi. Jumladan 2019 yilning 8 oyida 3 ming 450ta yuk mashinalari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, o‘tgan 2018 yilda bu ko‘rsatkich 2ming 455 donani tashkil etgan.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish 53,5 foizga oshdi. Xususan, 2019 yilning 8 oyida 131ming 7dona dvigatellar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yilda 85 ming 353 dona dvigatel chiqarilgan. 

Shu yilning o‘tgan 8 oyida traktor ishlab chiqarish hajmi 983 donani tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 60,4 foizga kamdir.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Avtomobil

Baholaganlar

16

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing