8 nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionatida yarim finalga chiqdi
Sport
−
12 Sentyabr 2025 11112 2 daqiqa
Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bahslari yakunlanmoqda. Kecha, 11 sentyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar vakili g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l olish bilan birga kamida bronza medallarini naqd qildi.
- -54 kg: Nigina O‘ktamova – Yoseline Perez (AQSH) 2:3
- -60 kg: Sitora Turdibekova – Viktoriya Grafeyeva (Qozog‘iston) 1:4
- +80 kg: Oltinoy Sotimboyeva – Nupur (Hindiston) 1:4
- -55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Tady Joyse (Irlandiya) 2:3
- -70 kg: Shavkatjon Boltayev – Zeyad Eashash (Iordaniya) 0:5
- -80 kg: Javohir Ummataliyev – Nurbek Oralbay (Qozog‘iston) 5:0
- -90 kg: To‘rabek Xabibullayev – Sag‘indik Tog‘ambay (Qozog‘iston) 5:0
- -51 kg: Feruza Kazakova – Mungunsaran Balsan (Mo‘g‘iliston) 5:0
- -57 kg: Xumorabonu Mamajonova – Jasmin (Hindiston) 0:5
- -65 kg: Navbahor Hamidova – Sacha Hikkey (Angliya) 4:1
- -60 kg: Abdumalik Xalokov – Bibars Jeksen (Qozog‘iston) 5:0
- -65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Yertug‘an Zeinulinov (Qozog‘iston) 5:0
- -75 kg: Fazliddin Erkinboyev – Hamza Sriri (Belgiya) 5:0
- +90 kg: Jahongir Zokirov – Omar Shiha (Norvegiya) 5:0.
Bugun, 12 sentyabr kuni chorak final va yarim final bahslari o‘tkaziladi. Kun davomida O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar a’zosi ringga ko‘tarilishi belgilangan. Ulardan 5 tasida o‘zbekistonliklar final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
Chorak finallar:
- -48 kg: Sabina Boboqulova – Jovanna Marchese (Italiya);
- -50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev – Soushi Makino (Yaponiya);
- -85 kg: Akmaljon Isroilov – Rikardo Fresneda (Ispaniya).
Yarim finallar:
- -65 kg: Navbahor Hamidova – Niyen-Chin (Xitoy Taypeyi);
- -60 kg: Abdumalik Xalokov – Shunsuke Kitamoto (Yaponiya);
- -75 kg: Fazliddin Erkinboyev – Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon);
- -90 kg: To‘rabek Habibullayev – Enmanuyel Reyes Pla (Ispaniya);
- +90 kg: Jahongir Zokirov – Danabiyeke Bayikevuzi (Xitoy).
Ma’lumot uchun, joriy yilning 4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida World Boxing shafeligidagi birinchi jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Unda 60 davlatdan 500 dan ortiq bokschi g‘oliblik uchun ringga ko‘tarilmoqda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr