8 milliard! AQSH terakt qurbonlari oilalariga qancha kompensatsiya to‘lagani ochiqlandi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarida 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktda qurbon bo‘lganlarning oilalariga 20 yil davomida 8 milliard dollardan ortiq pul to‘langan. Bu haqda “CBS News” telekanali xabar berdi. 

Qayd etilishicha, AQSHning kompensatsiya jamg‘armasi 11 sentyabr voqealarining 20 yilligiga bag‘ishlangan hisobotni e’lon qilgan. Unga ko‘ra, hozirga qadar 40 mingdan ortiq odamga kompensatsiya ajratilgan. 

Ma’lumot uchun, ushbu pullar 11 sentyabr voqealaridan omon qolgan va ularga yordamlashgan ko‘ngillilar sog‘lig‘ini kuzatib borish va moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun ajratiladi.

Avvalroq, Jo Bayden 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktdan keyin joriy qilingan favqulodda holat yana bir yil davom etishini aytgani haqida xabar bergan edi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

162

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing