AQSHda 11 sentyabr teraktlari sabab joriy qilingan favqulodda holat uzaytirildi
Olam
−
10 Sentabr 2021
13333AQSHda 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktdan keyin joriy qilingan favqulodda holat yana bir yil davom etadi. Bu haqda Prezident Jo Bayden ma’lum qildi.
“Men Federal reyestrga 2001 yil 11 sentyabrdagi Qo‘shma Shtatlarga qarshi terrorchilik hujumlari sabab 7463-sonli Proklamatsiyada e’lon qilingan favqulodda holat yana bir davom etishi to‘g‘risida bildirishnoma yubordim”, degan Bayden.
Prezident Baydenga ko‘ra, 20 yil avval AQSHda favqulodda holat e’lon qilinishiga sabab bo‘lgan terrorchilik xavfi hamon yo‘qolmagan.
Favqulodda holat rejimi Nyu-York va Vashingtondagi teraktlardan keyin 2001 yil 14 sentyabrda o‘sha vaqtdagi prezident Kichik Jorj Bush tomonidan kiritilgan edi. Favqulodda holat rejimi kiritilishi haqidagi hujjatda hukumat ko‘radigan aniq choralar ko‘rsatilmagan, biroq u terrorchilik tahdidi holatida prezidentga qo‘shimcha vakolatlarni beradi.
Avvalroq, Bayden Prezident bo‘lishidan avval 11 sentyabr teraktining ba’zi tafsilotlarini ochiqlash haqida bergan va’dasini bajargandi.
LiveBarchasi