8:0 hisobida g‘alaba qozongan murabbiy ishdan olindi
Sport
−
13:45 5071 1 daqiqa
Bugun, 3 mart kuni Braziliyaning “Flamengo” jamoasi “Madureyra”ni 8:0 hisobida taslim qilgandan so‘ng klub bosh murabbiyi Filipe Luisni iste’foga chiqardi. Bu haqda “Globo” xabar berdi.
Filipe Luisning ishdan bo‘shatilishi “Madureyra” bilan bo‘lib o‘tgan yirik 8:0 hisobidagi g‘alabadan keyin amalga oshirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klub rahbariyati Filipe Luisni o‘yindan oldidan ishdan bo‘shatishga qaror qilgan. Bungacha jamoa joriy yil hisobidan ikkita uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan edi.
Filipe Luis Yevropadagi faoliyatining katta qismini “Atletiko Madrid” safida o‘tkazib, jamoa bilan 240 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushgan. Murabbiy sifatida “Flamengo” bilan 2024 yilda Braziliya kubogi, 2025 yilda Superkubok va mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek Luis jamoasi bilan 2025 yilda Libertadoris kubogini ham qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi