78 yoshli mutaxassis Istanbul klubi murabbiyi bo‘lishga yaqin turibdi

Sport

image

Ruminiyalik mutaxassis Mircha Luchesku Turkiyaning “Beshiktosh” klubi bosh murabbiyi bo‘lishga tayyor. Bu haqda “iAM SPORT” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 78 yoshli Luchesku turk klubi rahbariyati bilan yaqin bir necha hafta davomida jamoa bosh murabbiyi bo‘lishini kelishib olgan. Bu lavozimda u yaqinda ishdan bo‘shatilgan portugaliyalik mutaxassis Fernandu Santushning o‘rnini egallaydi va “Beshiktosh”ning joriy mavsumdagi beshinchi murabbiyiga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Luchesku 2020 yildan 2023 yilgacha Kiyevning “Dinamo” jamoasini boshqargan. Mutaxassis 2004-2016 yillarda Donetskning “Shaxtyor” klubi bosh murabbiyi bo‘lgan.

Qayd etish joiz, “Beshiktosh” klubi Lucheskuga begona emas. U 2002-2004 yillarda Istanbul klubiga ustozlik qilgan. Shuningdek, murabbiy “Galatasaroy” va Turkiya terma jamoasidagi faoliyati bilan ham turk futboli ixlosmandlariga yaxshi tanish.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Beshiktosh Mircha Luchesku

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing