73 yoshli fuqaroga tan jarohati yetkazgan IIB xodimiga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

2020 yilning 5 dekabr sanasida Ichki ishlar xodimi o‘z xizmat vazifasini suiiste’mol qilgan holda 73 yoshli fuqaroga tan jarohati yetkazgan edi. Mazkur holat tegishli tartibda o‘rganib chiqildi va sud jarayoni o‘tkazildi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalidagi lavhada xabar berildi. 

Toshkent shahar Ichki ishlar organlarining Patrul post xizmati bo‘limi xodimlari Yunusobod tumanida xizmat vazifasini bajarish vaqtida Yunusobod tumani  Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan 3 nafar fuqaroni to‘xtatadi. Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ular atrofdagilar hayoti yoki xavfsizlik uchun biror bir raxna soluvchi xatti-harakat sodir etmagan, shunday bo‘lsa-da IIB xodimlari ular bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

Ayblanuvchi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, go‘yoki tuman Ichki ishlar bo‘limida tibbiyot xodimlari mavjudligi haqida yolg‘on xabar berib , shunga asosan ularni tuman Ichki ishlar organlarini faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga olib bormoqchiliklarini sabab qilib ko‘rsatgan. IIB xodimlari ularga xizmat avtomashinasiga o‘tirishlarini taklif qilgan. Biroq, 73 yoshli fuqaro ularga qarshilik ko‘rsatgan. Ichki ishlar xodimlari qasddan kuch ishlatib fuqaroni avtomashinaga o‘tkazmoqchi bo‘lganda,  unga og‘ir tan jarohati yetkazilgan.

Holat bo‘yicha o‘tkazilgan sudda ma’lum bo‘lishicha, YPX xodimlari svetofor yonida mast holatda noma’lum shaxslar turganini ko‘rgan.  YPX xodimlarining  jabrlanuvchi bilan muloqoti davomida ular garov bog‘lagan. Jabrlanuvchi mast holatda oyoqda turolmagani va mashinaga tirab qo‘yishganda o‘tirib qolgani sababli, YPX xodimlari kelib uni mashinaga o‘tkazmoqchi bo‘lgan vaqt tan jarohati olgan.

Jarayonda jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglangach sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, IIB xodimi O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismi “K” bandi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining  206-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topildi.  Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llash va Jinoyat kodeksining 9-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan ayblanuvchiga 2 yil muddatga ichki ishlar organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilish va 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

357

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing