71 yoshli ukrainalik Rossiya qamoqxonasida vafot etdi

Olam

image

71 yoshli Ukraina fuqarosi Viktor Demchenko Rossiyadagi qamoqxonada vafot etdi. Bu haqda "Memorial" inson huquqlari tashkiloti xabar berdi.  

Qayd etilishicha, u josuslik, terrorizmga aloqadorlik va noqonuniy qurol saqlashda ayblanib, katta ehtimol bilan Rostov viloyatidagi jazo kolonniyasida saqlanayotgan bo‘lgan.

Rostov-Don harbiy sudi mahalliy nashrga Demchenkoning o‘limini tasdiqlagan va uning ishi tugatilganini aytgan.

TASS nashrining huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga ko‘ra, Demchenko 31 dekabr kuni insult oqibatida vafot etgan.

"Memorial"ning bildirishicha, Demchenko ishi haqida jamoatchilikka juda kam narsa ma’lum. Demchenko 1952 yilda Ukrainaning ayni paytda Rossiya ishg‘oli ostida bo‘lgan Donetsk viloyati Mospine shahrida tug‘ilgan. 2023 yilning avgustida Rossiya tomoni unga qarshi jinoiy ish ochgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina qamoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made