70 yildirki taxtdan tushmayotgan Yelizaveta! Bukingem saroyi katta tadbirga tayyorlanmoqda

Olam

image

Angliyada qirolicha Yelizavetaning taxtga o‘tirganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan Birlashgan Qirollikda katta bayram uyushtiriladi. 

Joriy yilning 2-5 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan qirollik tarixidagi jiddiy tadbirning ssenariyi Bukingem saroyi tomonidan e’lon qilindi. 

Ma’lum qilinishicha, qirolichaning “platina yubileyi” sharafiga uyushtiriladigan “CelebrStreet” tadbirlarida markaziy ko‘chalar bo‘ylab dunyoning eng mashhur yulduzlari ishtirokida gala konsertlar uyushtiriladi. 

Bundan tashqari, ishtirokchilarga qirolichani o‘z uyi yaqinidan jonli kuzatish imkoni beriladi.

Tadbirning ilk kuni ishtirokchilar o‘rtasida eng shirin puding pishirish musobaqasi bilan boshlanadi. Finalgacha yetib borgan g‘olibning pudinggi tadbirning so‘nggi kunida qirolicha ishtirokida uyushtiriladigan tushlik dasturxoniga tortiladi. 

Eng shirin pudingni aniqlashda ishtirok etadigan hakamlarga, shaxsan Bukingem saroyi bosh oshpazlari Meri Berri va Monika Galettilar boshchilik qilishadi. 

Joriy yil 6 fevral kuni rasman qirolicha Britaniyani 70 yil boshqargan birinchi monarxga aylanadi. Asosiy tadbirlar esa keyinroq yoz oylarida nishonlanishi rejalashtirilgan. 

Bundan avval ham, Yelizavetaning 50 yillik “Oltin” va 60 yillik “Olmos” yubileylari iyun oyining birinchi haftasida o‘tkazilgan edi. Asli sanasi fevralga to‘g‘ri keladigan tadbirning yoz oylariga ko‘chirilishiga asosiy sabab bayramni ochiq havoda ko‘tarinki ruhda o‘tkazishdir. 

Qirollik oilasining jiddiy tadbirida, qirolichaga hamroh sifatida Uels shahzodasi, Yelizavetaning o‘g‘li va taxt vorisi, shahzoda Charlz va uning rafiqasi gersoginya Kamilla ishtirok etadi. 

Edinburg gersogi va Yelizavetaning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Filipp olamdan o‘tgani sababli bu safargi yubileyda qirolichaga o‘g‘li hamrohlik qilmoqda. 

Dunyo tarixida taxtda eng ko‘p o‘tirish bo‘yicha “shohsupa”ni 18 asrda Fransiya qiroli Lyudovik XIV zabt etgan. U 72 yil mobaynida taxtga egalik qilgan.

Qirolicha sharafiga uyushtiriladigan paradda 1 500 askar, 400 otliq va 200 musiqachi ishtirok etishi belgilangan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing