7 ta hududda test sinovlari muddatidan oldin yakunlandi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 5 avgust kuni 2021-2022-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi.

Kecha, 13 avgust kuni Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida test sinovlari yakunlandi. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Respublika bo‘yicha test sinovlari 16 avgust kuni yakunlanadi va tana harorati yuqori bo‘lgan hamda koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun 14 kun ichida qayta test sinovlari tashkil etiladi.

Ular uchun test sinovini tashkil etish tartibi va sxemasi bilan quyidagi rasmda tanishishingiz mumkin


Maqola muallifi

Teglar

imtihon

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing