7 mlrd odamning taqdirini beshta mamlakatning insofiga topshirolmaymiz – Erdo‘g‘an
Olam
−
24 Sentabr 2020
24256
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining sessiyalaridagi chiqishlarida doimiy ravishda BMT Xavfsizlik Kengashini qayta tuzishni talab qilib keladi. BMTning 72-sessiyasida “Dunyo beshdan buyukdir” iborasini ishlatgan Erdo‘g‘an, bu galgi sammitda ham bu beshlikni “parchalash” g‘oyasini ilgari surdi.
Davlat rahbari Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75 yillik maqsadlari endi eskilik sarqitiga aylanganini qayd etdi.
Uning ta’kidlashicha kkkinchi jahon urushidan keyingi ideallar bilan tuzilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining bugungi faoliyati natija bermay qo‘ygan. BMTning ideallari endi nizolar va to‘qnashuvlarning oldini olishda samarasiz.
“O‘tgan asr talablariga binoan shakllangan tuzilmalar bilan bugungi imtihonlardan o‘ta olmasligimizni hammamiz ko‘rib turibmiz. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tizimini yana faollashtirish uchun avvalo Xavfsizlik Kengashini isloh qilishimiz kerak. 7 milliarddan ortiq odamning taqdirini beshta mamlakatning insofi va rahm-shafqatiga topshiradigan Kengash tuzilishi na adolatli va na barqaror.
Demokratik, shaffof, hisobdor, samarali va adolatli vakillikka asoslangan kengashni tuzish insoniyat uchun tanlab bo‘lmaydigan zarurat bo‘lib qoldi”, deydi Erdo‘g‘an.
Shuningdek, Turkiya rahbari Istanbul shahrini Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziga aylantirishni taklif etdi. Unga ko‘ra, bu global tinchlik va barqarorlik harakatlarini rivojlanishiga xizmat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 5 doimiy a’zosi bo‘lib, bular – AQSH, Xitoy, Fransiya, Rossiya, Angliya.
LiveBarchasi