67 kun Toshkentni boshqargan Rahmonov eski ishiga qaytdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida 67 kun ishlagan Baxtiyor Rahmonov yangi lavozimga tayinlandi. Bu bo‘yicha Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov qaror qabul qildi.

Qayd etilishicha, bugun, 28 mart kuni Baxtiyor Sultonovich Rahmonov Toshkent shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan bo‘shatilgandan keyin vaqtinchalik Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Unga qadar u Toshkent shahar hokimining kapital qurilish masalasi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing