64 mln dollarlik kriptooperatsiyalarga oid moliyaviy sxema foş etildi (video)
3-sahifa
−
503 2 daqiqa
Toşkent şahrida noqonuniy daromadlarni kriptoaktivlarga aylantirib, ularning asl manbasini yaşirişga uringan uç nafar şaxs qölga olindi. Ular bilan boğliq qurilmalarda 64 milliondan ortiq USDT, ya’ni qariyb 768,4 mlrd sömlik moliyaviy operatsiyalar amalga oşirilgani aniqlandi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, holat “Xavfsiz va soğlom yurt” tadbirlari doirasida IIBB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Yaşnobod tumanida uç nafar şaxs qölga olingan.
Aniqlanişiça, ular turli davlatlar valyutasidagi mablağlarni kriptoaktivlarga ayirboşlaş va moliyaviy operatsiyalarni amalga oşiriş bilan şuğullangan. Tezkor tadbir davomida ulardan 8 ta telefon va ikkita noutbuk aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
Qurilmalarni örganiş davomida jami 64 milliondan ortiq USDT bilan boğliq moliyaviy operatsiyalar amalga oşirilgani ma’lum bölgan. Bu qariyb 768 milliard 380 million sömga teng.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) uçinçi qismiga tegişli bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Mirobod tumanida ön tört nafar fuqaro tomonidan taşkil etilgan noqonuniy onlayn koll-markaz aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi