Afg‘oniston mamlakatdagi Amerika harbiylarini ketishiga tayyor. AQSH-chi?
Olam
−
16 fevral 2020
6364Afg‘oniston mamlakatdagi amerikalik harbiylar sonini qisqartirishga tayyor, deb ma’lum qildi Prezident Muhammad Ashraf G‘ani.
“Biz bunga tayyormiz. Hozirda deyarli 94 foiz operatsiyalar afg‘on kuchlarining o‘zi tomonidan o‘tkazilyapti”, degan G‘ani Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada.
Rasmiy Kobul amerikalik askarlarning qanday kamaytirilishi haqidagi savolga G‘ani barchasi mamlakatdagi shart-sharoitlarga qarab hal etilishini aytgan.
AQSH Prezidenti Donald Tramp ham Afg‘onistondagi Amerika harbiy kontingentini kamaytirish istagi borligini bildirgandi. Ammo Trampning bu aytganlari amalga oshmay qolib ketdi. Prezidentni bu fikrdan Pentagon rahbari Mark Esper qaytargan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Uning Afg‘onistondagi Amerika harbiylarining ketishi bo‘yicha bildirgan munosabatidan ham ilg‘ash mumkin.
"NATO Bosh kotibi Stoltenberg aytdi, hech kim Afg‘onistondan Amerika va kolatsiya kuchlarining to‘liq ketishini xohlamaydi. Biz u yerda afg‘on sheriklarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha qolamiz", degan Esper Myunxendagi konferensiyada.
Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda Hukumat va “Tolibon” harakati o‘rtasida kurash davom etyapti. Harakat mamlakatdagi xorijiy davlatlar harbiylarining chiqib ketishini talab qilib keladi. “Tolibon”ning o‘zi ham AQSH bilan muzokaralar o‘tkazib, o‘t ochishni yetti kunga to‘xtatishga kelishib olgandi. Biroq shunga qaramay, Hukumat kuchlari va toliblar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi.
Ikki tomonlar munosabatini barqarorlashtirishda O‘zbekiston ham o‘z vazifasini bajaryapti. O‘zbekiston Hukumati “Tolibon” vakillari bilan ham, Afg‘oniston Hukumati bilan ham muzorkaralar olib boryapti.
LiveBarchasi