60 yoshli erkak 6 yoshli qizga shahvoniy harakatlar sodir etdi
3-sahifa
−
20 iyun
10712Toshkent viloyatida 60 yoshli erkak 6 yoshli qizga shahvoniy harakatlar sodir etdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bolalar ombudsmani jamoatchilik faollariga Toshkent viloyati Nurafshon shahrida yashovchi fuqaro Ye.N.dan murojaat kelib tushgan. Unda aytilishicha, joriy yilning 11 iyun kuni Ye.N.ning qo‘shnisi, 1964 yilda tug‘ilgan S.Sh. 2018 yilda tug‘ilgan Ye.N.ning qizi M.K.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
“Mazkur holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olinib, 19 iyun kuni Nurafshon shahar IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan S.Sh.ga Jinoyat kodeksi 129-moddasi 2-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, bugun, 20 iyun kuni sudga S.Sh.ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma kiritildi.
“Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtayi nazaridan mazkur jinoyat ishi bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida kuzatuvni davom ettiradi”, deydi Bolalar ombudsmani.
LiveBarchasi