60 turdagi mahsulotlarga bojsiz import rejimi uzaytirildi
Jamiyat
−
02 yanvar
6133O‘zbekistonda 60 turdagi mahsulotlarga bojsiz import rejimi uzaytirildi. Bu haqda Prezident 28 dekabr kuni imzolagan “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda so‘z boradi.
Farmon bilan iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida 2022 yil 31 maydagi PF-145-sonli va 2023 yil 23 martdagi PF-41-sonli Prezident farmonlari asosida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanayotgan tovarlar uchun ushbu imtiyozning muddati 2026 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
Bir yil davomida bojsiz olib kirish mumkin bo‘lgan tovarlar ro‘yxatiga baliq, saryog‘, margarin, qaymoq, quyultirilgan sut, tuxum, banan, kofe, choy, un, yogurt, pishloq, tvorog, qandolat mahsulotlari, murabbo, alkogolsiz ichimliklar, soch uchun vositalar, ayrim gigiyenik tovarlar va boshqalar kiradi. Shuningdek, yangi yoki quritilgan xurmo, anjir, ananas, avokado, guava, mango, kokos, olma, nok, behi kabi mevalarning ham bojsiz importi davom etadi.
LiveBarchasi