6 yoshli bola hayotini xavfga qo‘yib, singlisini g‘azablangan itdan qutqarib qoldi
Olam
−
17 iyul 2020
48213AQSHning Vayoming shtatida 6 yoshli Brijer Uoker singlisini unga hujum qilgan itdan qutqarib qoldi. Yigitchaning bu jasoratini uning ammasi Nikki Uoker o‘zining Instagram sahifasida so‘zlab berdi.
Barchasi joriy yilning 9 iyul kuni sodir bo‘lgan. Nikki Uokerning so‘zlariga ko‘ra, Brijer singlisi tomonga darg‘azab it yugurib kelayotganini ko‘rib, uni tanasi bilan to‘sgan. It bolaning yuz va boshidan bir necha marta tishlagan, shunda ham Brijer singlisining qo‘lidan ushlab uni xavfsiz joyga olib keta olgan.
“Agar kimdir o‘lishi kerak bo‘lsa, bu men bo‘lishim kerak, deb o‘yladim”, degan Brijer.
Suratlarda bolaning yuzi jiddiy jarohatlangani ko‘rinadi. Uning lab, chap yuz va chap ko‘zi shikastlangan. Plastik jarroh bolaning yuzini tikib qo‘ygan. Hozir Brijer uyda davolanyapti. Uning kayfiyati va ruhiyati ham a’lo darajada.
Amerikaning ko‘plab mashhur insonlari bolaning jasoratini olqishlab, unga tezroq sog‘ayib ketishini tilashgan.
LiveBarchasi