6 yashar bolani kamar bilan urgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
29 iyun
5847Samarqand viloyatida 6 yashar o‘gay o‘g‘lini kamar bilan urgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Joriy yilning 23 iyun kuni Toyloq tumanida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan erkak o‘zi bilan birga 2024 yildan shar’iy nikohda bo‘lgan T.D. ning 6 yashar o‘g‘lini yashash xonadoni hovlisida qo‘lida bo‘lgan kamar bilan kaltaklagandi. 24 iyun kuni mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi. Voyaga yetmagan O.E.da tan jarohatlari aniqlanib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangandi. Erkak esa Toyloq tumani tibbiyot birlashmasi tibbiy ko‘rigidan o‘tkazilganda, uning ruhiyatida o‘zgarishlar borligi aniqlanib, Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgandi.
Kecha, 28 iyun kuni erkakka nisbatan Jinoyat kodeksning 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov olib borilmoqda.
LiveBarchasi