6 tumanda yer ajratishning yangi mexanizmi joriy qilinadi
Jamiyat
−
29 yanvar 2020
6944Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qarorda “tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof muhit muhofazasini ta’minlash tizimini takomillashtirish” nazarda tutuligan.
2020 yil 1 apreldan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyatining Qibray va Toshkent tumanlarida, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona va Oltiariq tumanlarida hamda Qashqadaryo viloyatining Kitob va Nishon tumanlarida:
• jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun shaffof va ochiq tanlov o‘tkazish orqali ajratish mexanizmi joriy etiladi;
• jismoniy va yuridik shaxslarga keyinchalik tanlovga qo‘yish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish huquqini taqdim etgan holda maxsus geoportal orqali yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish huquqi beriladi;
• qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish huquqining bozor qiymatini baholash hamda ulardan soliqqa tortishda foydalanish mexanizmi joriy etiladi.
LiveBarchasi