6 tuman va bir shahar IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Unga ko‘ra, quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi:

Podpolkovnik Sabit Abdijamilovich Utambetov Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Sabit Utambetov Nukus shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Dilmurod Xotamovich Valiyev Angren shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Dilmurod Valiyev Olmaliq shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Abrorjon A’zamjonovich Mavlonov Uchko‘prik tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Abrorjon Mavlonov O‘zbekiston tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Sardorbek Raximjonovich Umarov Asaka tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Sardobek Umarov Baliqchi tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Nurillo Saydulloyevich Biloloxunov Baliqchi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Nurillo Biloloxunov Asaka tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Zafar Jomuradovich Tursunov G‘uzor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Zafar Tursunov Qarshi shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik G‘ayrat Choriyevich Xo‘jamqulov Qiziriq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar G‘ayrat Xo‘jamqulov Muzrabot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing