6 oylik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonda juma namozlari ado etildi (video)

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori asosida 4 sentyabrdan barcha diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarga ruxsat berilgandi.

Bugun, 4 sentyabr kuni 6 oylik tanaffusdan so‘ng mamlakatdagi 2072 ta jome masjidlarida mo‘min-musulmonlar juma namozlari jamoat bo‘lib ado etishdi. 

QALAMPIR.UZ Toshkentdagi “Minor” masjidida bo‘ldi. Bu yerda yangi tartiblarga ko‘ra, masjidlarga kirish jarayonida har bir ibodatchining tana harorati o‘lchandi. Har bir ibodatchining tibbiy niqobda bo‘lishi qat’iy nazorat qilindi. Namozxonlarning ijtimoiy masofa saqlanishiga jiddiy e’tibor berildi. 

Har bino xonalarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometr, antiseptik vositalar va dezinfetsion “to‘shak”lar bilan jihozlash ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Masjid imom xatiblari karantin qoidalariga rioya etgan holda namozlarni ado etish kerakligini qayd etdi. 

Juma namozining so‘ngida butun dunyoga yopirilgan koronavirus pandemiyasi tezroq bartaraf bo‘lishini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing