6 oy kosmosda bo‘lgan taykonavtlar Yerga qaytdi
Olam
−
04 noyabr 2024 4960 1 daqiqa
Bugun, 4 noyabr kuni uch xitoylik taykonavt Tyangun kosmik stansiyasida olti oydan ortiq vaqt o‘tkazganidan so‘ng Yerga qaytdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tyangun kosmik stansiyasida bo‘lganida, Shenchjou missiyasi ekipajlari bir qator ilmiy tajribalar o‘tkazgan, shu jumladan qadimiy mikroblarni o‘rgangan. Ular, shuningdek, may oyida milliy rekord darajadagi kosmik sayohatni amalga oshirdi va iyun oyida kosmik qoldiqlardan himoya qalqonini o‘rnatdi. Qo‘mondon Ye Guangfu kosmosda jami 365 kun o‘tkazgan birinchi xitoylik taykonavtlar bo‘ldi.
Bu uch astronavt aprel oxirida Tyangun stansiyasiga kelib, u yerda 30 oktyabrda ikki erkak va bir ayoldan iborat yangi ekipaj bilan uchrashgan. Ular besh kunlik vazifani o‘tagach, o‘z safarlarini tugatish uchun Yerga qaytdi.
Ma’lumot uchun, Tyangun kosmik stansiyasi Xitoyning fazo dasturidagi eng muhim loyihalardan biri bo‘lib, har uch-besh oyda uch kishilik ekipajlar amalga oshirib turadi. Uning asosiy moduli 2021 yilda ishga tushirilgan va 10 yil davomida foydalanilishi kutilmoqda. Xitoy 2030 yilga kelib Oyga insonli missiya yuborish va u yerda baza qurishni rejalashtirayotganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoyning Deep Blue Aerospace kosmik startapi 2027 yilda yo‘lovchilarni kosmosga olib chiqishni rejalashtirmoqdaligi haqida xabar berilgandi.
Muhammad Hodiyev
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar