Port ishchilari paxta terimiga majburlanmoqda

Olam

5

Turkmanistonning Turkmanboshi dengiz portidagi ishchilar paxta terimiga yuborilmoqda. Bu haqda Turkmennews xabar bermoqda. 

Nashrga ko‘ra, portning barcha xodimlari Serdar (Qizil-Arvat) shahrining shimolidagi dalalarga navbat bilan terimga jo‘nashi shart. Terimga bormaslik uchun esa, kadrlar bo‘limiga 300 manat (rasmiy kurs bo‘yicha 85 dollar) to‘lashi kerak. Ushbu pul evaziga muqobil terimchilar yollanadi. Aksariyat xodimlar pul to‘lashni afzal ko‘radi, chunki ular o‘n kunlik safari davomida dalada ko‘proq pul sarflaydi.

Ishchilarga na ovqat, na turar joy, na yo‘l haqi to‘lanmaydi.

Manbalarga ko‘ra, port xodimlaridan biri pulni tejashga qaror qilgan, chunki u besh farzandning otasi. U terimchi yollash uchun pul to‘lamagan, balki o‘zi terimga chiqqan. Natijada, kun buyi non yeb, suv ichib, hatto tunni ham dalada o‘tkazdi (hech bir qishloq aholisi uni uyiga bepul kirishiga ruxsat bermadi). U hasharotlarga talanib, uyga qaytdi,

Endi u o‘z hamkasblariga keyingi safar har qanday usul bilan terimchi yollash uchun pul topishini aytmoqda.

Mustaqil ommaviy axborot vositalari muntazam ravishda Turkmaniston davlat xizmatchilarining paxta terimiga yuborayotgani haqida xabar beradi. Bu ishda harbiy xizmatchilar ham ishtirok etadi. 

Ma’murlar paxta terimi iloji boricha avtomatlashtirilganini va qo‘shimcha pul ishlamoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar paxtani qo‘lda terib olayotganini aytadi. 

Shunga qaramay, H&M, IKEA, Adidas, Esprit  va yana 60 ga yaqin xorijiy kompaniyalar majburiy mehnatga qarshi norozilik sifatida turkman paxtasini sotib olishdan bosh tortgan.

2018 yil may oyidan boshlab xuddi shu sabablarga ko‘ra Turkmaniston paxtasini AQSHga olib kirish taqiqlandi, garchi Turkmaniston rasmiylari hanuzgacha AQSHga paxta yetkazib berish usullarini izlamoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Turkmanistonda paxta terimiga

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing