Turkmanistonda ikki palatali Parlament tuziladi

Olam

image

Kecha, 25 sentyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda Xalq Maslahati (Xalq Kengashi)ning ikkinchi yig‘ilishida Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Kengash va Majlisni yagona ikki palatali vakillik organiga birlashtirish g‘oyasini bildirdi. Bu haqda "Xronika Turkmenistana" xabar bermoqda. 

Davlat rahbari taklifiga ko‘ra, Kengash Parlamentning yuqori palatasi bo‘ladi. Prezident Konstitutsiyaga tegishli o‘zgartirishlar ishlab chiqilishini va bir yil o‘tib Kengashning navbatdagi yig‘ilishida kiritilishini buyurdi.

Berdimuhamedovning so‘zlariga ko‘ra, bunday keskin o‘zgarishlar "qonunlar va milliy dasturlarning bajarilishini nazorat qilish uchun sharoit yaratadi", shuningdek, "turkman jamiyatining barcha qatlamlari manfaatlarini ifoda etish imkonini beradi". 

Ayrim sabablarga ko‘ra, mavjud ko‘p partiyali Majlis jamiyatning barcha qatlamlarini himoya qila olmasligi, shuningdek, ikki palata vakillarining vakolatlari o‘zgarishi va qayta taqsimlanishi haqida xabar qilinmagan. 

Ta’kidlash kerakki, mavjud Xalk Maslahatiga saylovlar mutlaqo noaniq. Kengashga kim, qanday mezonlarga ko‘ra saylangani noma’lum.
 


Maqola muallifi

Teglar

Turkmanistonda ikki palatali Parlament

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing