Turkmanistonda dori-darmon narxi oshmoqda
Salomatlik
−
22 Oktabr 2019
4595Inson salomatligi uchun eng zarur bo‘lgan dori-darmonlarning xorijdan keltirilishi va aynan xorijiy valyutada xarid qilinishi aksar davlatlar oldida turgan muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, narx-navo ko‘tarilib ketganda odamlar aziyat chekadi.
Turkmanistonda asosiy dori-darmonlarning narxi doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Bu haqda "Xronika Turkmenistana" xabar bermoqda. Mamlakatda AQSH dollarining konvertatsiyasi tufayli xalqaro farmatsevtika kompaniyalari o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu esa sifatli dori-darmonlarning yetishmasligiga olib keldi.
Mamlakat Hukumati bu borada choralar ko‘rishni boshladi. Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va Tibbiy sanoat vazirligi hayotiy dorilar va vaksinalarni sotib olish uchun xalqaro tender e’lon qildi. Shuningdek, tibbiy asbob-uskunalar va uskunalarni sotib olish bo‘yicha ham tender e’lon qilingan.
LiveBarchasi