50 ga yaqin davlat Shimoliy Koreyaning Rossiyaga qurol sotishini qoraladi

Olam

image

50 ga yaqin davlatdan iborat guruh Shimoliy Koreyaning Rossiyaga raketalarini yetkazib berish va ulardan Ukrainaga qarshi foydalanishni qoraladi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi. 

“Biz KXDRning ballistik raketalarini eksport qilishi va Rossiya tomonidan sotib olinishini, shuningdek, Rossiyaning 2023 yil 30 dekabr va 2024 yil 2 yanvar kunlari ushbu raketalarni Ukrainaga qarshi qo‘llaganini keskin qoralaymiz”, deyiladi AQSH Davlat departamenti va Germaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Hujjatga Germaniya va deyarli barcha Yevropa davlatlari, shuningdek, Kanada, Isroil, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya qo‘shilgan.

Davlatlar qurol sotib olishni tanqid qilib, bu Rossiyaning o‘zi qo‘llab-quvvatlagan BMTning bir qancha rezolyutsiyalariga zid ekanini aytib keladi. Ular Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo barcha davlatlarni Moskva va Pxenyan tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarni qoralashga chaqirgan.

Shuningdek, bayonotda Rossiyaning Shimoliy Koreya qurollaridan foydalanishi Yevropa, Koreya yarimoroli, Tinch okeani mintaqasi va butun dunyodagi xavfsizlik holatiga ta’sir qilishi ta’kidlangan.

“Ushbu qurollarning uzatilishi Ukraina xalqining azobiga azob qo‘shadi, Rossiyaning bosqinchilik urushini qo‘llab-quvvatlaydi va yadroviy qurollarni tarqatmaslik bo‘yicha xalqaro rejimga putur yetkazadi”, deyiladi hujjatda.

Rojdestvo bayramidan so‘ng Rossiya Kiyev, Xarkov va Ukrainaning boshqa shaharlariga barcha turdagi raketalar va hujumchi dronlardan foydalangan holda hujumlarning eng yirik to‘lqinlarini amalga oshirdi. 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, 29 dekabrdan beri Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga 300 ga yaqin raketa otgan hamda 200 dan ortiq uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shimoliy Koreya qurol sotish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made