5 yashar bola avtomobil g‘ildiraklari ostida jon berdi

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida bolalarni uydan bog‘chaga, bog‘chadan uyga olib borib qo‘yadigan mashina 5 yoshli bolani bosib ketdi, u voqea joyida vafot etdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, mazkur baxtsiz hodisa joriy yilning 20 oktyabr kuni sodir bo‘lgan.

“Bolalar odatda mashinadan tushgach, uni old tomondan chetlab o‘tadi. Har safar shunday bo‘lar edi. Ukam mashina eshigini yopganidan 5-6 soniya o‘tgach, mashina oldinga siljidi va uni bosib ketdi. Qo‘shnilar haydovchini vaziyatdan xabardor qilguniga qadar bola o‘lib bo‘lgan edi”, deydi vafot etgan bolaning kichik amakisi. 

Viloyat hokimligiga ko‘ra, hozirda ushbu holat yuzasidan sudgacha tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Ushbu fakt bo‘yicha mamlakat Jinoyat kodeksining 345-moddasi (yo‘l harakati qoidalarini buzish yoki transport vositalaridan foydalanish vaqtida beparvolik tufayli inson salomatligiga jiddiy zarar yetishi) bilan sudgacha tergov boshlandi”, deyiladi hokimlik xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota shahridagi turar-joy majmuasida plastik qoplamali tom ustiga chiqqan 6 yoshli bola yiqilib vafot etgan edi. Holat yuzasidan uning ota-onasiga nisbatan mamlakat Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi (Voyaga yetmaganlarni tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston bog'cha Turkiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing