5 ta fandan test bo‘lishi hech qayerda tasdiqlanmagan — Bosh vazir o‘rinbosari

Jamiyat

image
Toshkentdagi milliardlik festival qanday o‘tmoqda? north_east

Toshkentdagi milliardlik festival qanday o‘tmoqda?

“Toshkent 5 tashabbus harakati” doirasida Yoshlar bilan ochiq muloqotda qatnashgan Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun beshta fandan test sinovlari bo‘lishi haqidagi masalaga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.

“Hozircha bu yilgi test sinovlarida nechta fandan imtihon bo‘lishi masalasi to‘liq hal bo‘lgani yo‘q. Bu masalani hal qiladigan Respublikaning maxsus komissiyasi bor. Ushbu komissiya a’zosi sifatida sizga aytishim mumkinki, 5 ta fandan test bo‘lishi masalasi hech qayerda tasdiqlangani yo‘q.

Ko‘rdingiz, pandemiya sabab o‘tgan yili 2 ta fandan imtihonlar o‘tkazildi. Karantin to‘liq chekinmagan holatda ikkita fandan topshirib, keyingi yilda birdaniga beshta fandan bo‘lishi ham unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu masala ko‘rib chiqilmoqda va tez orada aniq bir to‘xtamga kelinadi”, deydi Musayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu festival uchun 1 mlrd so‘m ajratilgani va ushbu mablag‘ oshib borishi mumkinligini aytgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

293

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing